![]()
BuyChina platformasida mijozlarning pul mablag'lari va shaxsiy hisob (balans) xavfsizligini ta'minlash maqsadida yangi «To'lov paroli» (Платежный пароль) xavfsizlik tizimi joriy etildi. Endi sizning shaxsiy balansingiz yanada mustahkamroq va ishonchliroq himoya ostida bo'ladi.
Ko'pincha foydalanuvchilar o'z kabinetlariga kirish parollarini oddiyroq qilishadi yoki shaxsiy kabinetlarini kompyuter yoki telefonlarida ochiq qoldirishadi. Agar begona shaxs sizning akkauntingizga kirib qolsa, shaxsiy balansingizdagi pullardan foydalanib tovar buyurtma qilib yuborishi yoki mablag'larni sarflab yuborishi xavfi mavjud edi.
To'lov paroli – bu shaxsiy kabinetga kirish parolidan mutlaqo alohida bo'lgan, faqat to'lovlarni amalga oshirishda ishlatiladigan maxsus maxfiy koddir. Siz to'lov parolini o'rnatganingizdan so'ng, balansingizdan biror to'lov qilmoqchi bo'lsangiz (masalan, tovar sotib olish, kargo to'lovini amalga oshirish), tizim ushbu parolni kiritishingizni so'raydi. Parolsiz balansdan 1 so'm ham yechilmaydi!
To'lov parolini o'rnatish juda oson va bir necha soniya vaqt oladi:
Siz yangi tovar buyurtma qilganingizda yoki kelgan yuk uchun shaxsiy balansingizdan to'lov qilmoqchi bo'lganingizda, to'lov tugmasini bosganingizda ekranda maxsus oyna ochiladi va sizdan To'lov parolini kiritish talab etiladi. Parolni kiritib tasdiqlaganingizdan so'nggina to'lov amalga oshiriladi.
Xavotirlanishga hojat yo'q! Agar siz to'lov parolingizni unutib qo'ysangiz yoki onu o'zgartirmoqchi bo'lsangiz:
Mablag'laringiz xavfsizligini ta'minlash uchun hoziroq shaxsiy kabinetingizga kirib, To'lov parolini o'rnatishni tavsiya etamiz!